TUPROQ MIKROORGANIZMLARINING TARKIBI VA EKOLOGIK AHAMIYATI
Keywords:
tuproq mikroorganizmlari, tuproq mikrobiotasi, bakteriyalar, zamburug‘lar, aktinomisetlar, protozoalar, alglar, tuproq unumdorligi, ekologik jarayonlar.Abstract
Mazkur maqolada tuproq mikroorganizmlarining tarkibi, ularning xilma-xilligi hamda tuproq ekotizimidagi ekologik ahamiyati tahlil qilinadi. Tuproq mikrobiotasi tarkibiga bakteriyalar, zamburug‘lar, aktinomisetlar, protozoalar va alglar kiradi. Ushbu mikroorganizmlar organik moddalarni parchalanishi, ozuqa elementlarining aylanishi, tuproq strukturasi shakllanishi hamda tuproq unumdorligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, tuproq mikroorganizmlarining faoliyati tuproqning biologik jarayonlarini faollashtirib, o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli tuproq mikrobiotasini o‘rganish ekologiya va qishloq xo‘jaligi sohalarida muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.
Downloads
Published
2026-03-23
Issue
Section
Articles