KARDIOMIOPATIYALARNI TASHXISLASHDA EXOKARDIOGRAFIYANING ROLI

Authors

  • Islomaliyev Alisher Fayz Author
  • Nimatova Mohigul Ilhom qizi Author

Keywords:

kardiomiopatiya, exokardiografiya, tashxis, yurak mushagi, o‘tkir yurak yetishmovchiligi, ventrikul funksiyasi, interventrikulyar septum, miokard gipertrrofiyasi, ultratovush tekshiruvi, klinik diagnostika.

Abstract

Exokardiografiya turi va texnikasining keng imkoniyatlari kardiomiopatiya tashxisida juda muhim. Ikki o‘lchovli exokardiografiya yurakning umumiy morfologik o‘zgarishlarini, Doppler exokardiografiyasi esa yurakda qon oqimi, klapan orqali oqimning xususiyatlari, yurak ichki bosimlar va boshqa gemodinamik ko‘rsatkichlarni aniqlash imkonini beradi. Shuningdek, zamonaviy texnologiyalardan biri bo‘lgan kontrastli exokardiografiya yordamida murakkab klinik vaziyatlarda struktura va funksional o‘zgarishlarni aniqlash imkoniyati yanada kengayadi. So‘nggi yillarda paydo bo‘lgan 3D exokardiografiya texnologiyasi esa anatomik va funksional o‘zgarishlarni uch o‘lchovli formatda aks ettirib, aniqlik va ishonchlilikni oshirishda muhim rol o‘ynaydi.

Author Biographies

  • Islomaliyev Alisher Fayz

    Toshkent Davlat tibbiyot universiteti

    1-son Davolash fakulteti talabasi

  • Nimatova Mohigul Ilhom qizi

    Toshkent Davlat tibbiyot universiteti

    1-son gistologiya va tibbiy biologiya kafedrasi

    Ilmiy rahbar

Published

2026-03-23