TASHQI MUHIT OMILLARINI YURAKKA TA’SIRI.

Authors

  • Yusupov M.A Author
  • Raxmonova Gulhayo Raim qizi Author

Keywords:

Tashqi muhit omillari, yurak-qon tomir tizimi, havoning ifloslanishi, yurak ishemik kasalligi, gipertoniya, ateroskleroz, harorat o‘zgarishi, stress va shovqin, kortizol, tromboz, yurak yetishmovchiligi, ekologik omillar, profilaktika, sog‘lom turmush tarsi, yurak salomatligi.

Abstract

nson salomatligiga tashqi muhit omillari katta ta’sir ko‘rsatadi, xususan, yurak va qon-tomir tizimi ushbu omillarga juda sezgir. Ushbu maqolada tashqi muhitning yurak faoliyatiga ta’siri chuqur o‘rganiladi hamda atrof-muhit omillarining yurak kasalliklarini keltirib chiqarishdagi roli ilmiy asosda tahlil qilinadi.Havoning ifloslanishi yurak-qon tomir tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan eng muhim omillardan biridir. Avtomobil gazlari, sanoat chiqindilari, chang va boshqa zararli moddalar yurak faoliyatiga bosim o‘tkazadi. Uzoq muddat davomida ifloslangan havo ta’sirida qolish yurak ishemik kasalligi, gipertoniya va ateroskleroz xavfini oshiradi. Ayniqsa, PM2.5 va PM10 zarrachalarining yurakka kirib borishi tomirlarning torayishiga va yurak urish ritmining buzilishiga olib kelishi mumkin.

Harorat o‘zgarishlari ham yurak salomatligiga ta’sir qiladi. Haddan tashqari issiq yoki sovuq ob-havo yurak kasalliklarining avj olishiga sabab bo‘lishi mumkin. Sovuq havoda qon tomirlari torayib, arterial bosim oshadi va bu yurakka yuklama beradi. Issiq havo esa organizmning suyuqlik balansini buzib, yurak urishining tezlashishiga va qonni quyuqlashishiga sabab bo‘ladi, natijada tromboz xavfi ortadi. Shovqin va stress ham yurak-qon tomir tizimiga zararli ta’sir ko‘rsatadi. Megapolislarda yashovchi insonlar doimiy ravishda yuqori darajadagi shovqin va stressga duch kelishadi, bu esa yurak urishining tezlashishi, arterial bosimning ortishi va infarkt xavfining oshishiga olib keladi. Stress gormoni – kortizol darajasining ortishi yurak mushaklarining zo‘riqishiga sabab bo‘lib, uzoq muddatli stress yurak yetishmovchiligini keltirib chiqarishi mumkin. Maqolada shuningdek, ekologik muhitni yaxshilash orqali yurak kasalliklari oldini olish yo‘llari ham yoritiladi. Toza havo, jismoniy faollik, stressni kamaytirish va sog‘lom turmush tarziga rioya qilish yurakni himoya qilishda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu tadqiqot tashqi muhit va yurak kasalliklari o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash hamda yurak salomatligini saqlashga qaratilgan profilaktik choralarga e’tibor qaratish muhimligini ta’kidlaydi.

Author Biographies

  • Yusupov M.A

    Urganch davlat Tibbiyot instituti Fiziologiya va patalogik fiziologiya kafedrasi

    Tibbiyot  fanlari bo’yicha falsafa doktori.,PhD. Dr.

  • Raxmonova Gulhayo Raim qizi

    Urganch davlat Tibbiyot instituti  uchinchi bosqich talabasi

Published

2026-03-23