QON TARKIBI, PLAZMA OQSILLARI, LIMFA-RETIKULYAR TIZIMI BIOKIMYOSI
Keywords:
qon tarkibi, plazma oqsillari, limfa, retikulyar tizim, biokimyo, immunitet, albumin, globulin, fibrinogen.Abstract
Qon tirik organizmda eng muhim suyuqlik bo‘lib, uning asosiy funksiyasi hujayralarni oziqlantirish, gaz almashinuvida ishtirok etish, zaharli moddalarni organizmdan chiqarib yuborish, immun va homeostaz mexanizmlarida bevosita qatnashishdan iborat. Qon tarkibi juda murakkab bo‘lib, u plazma va shaklli elementlardan iborat. Plazmaning asosiy qismini suv, unda erigan oqsillar, tuzlar, organik va noorganik moddalar tashkil etadi. Plazma organizmning ichki muhitini barqaror saqlab, turli metabolitlar, gaz, gormon va boshqa birikmalarni tashuvchi muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Shaklli elementlar – eritrotsitlar, leykotsitlar va trombotsitlar organizmga turli funktsiyalarni bajarishda yordam beradi.
Downloads
Published
2026-03-23
Issue
Section
Articles