KARDIOMIOPATIYALARNI TASHXISLASHDA EXOKARDIOGRAFIYANING ROLI
Keywords:
kardiomiopatiya, exokardiografiya, tashxis, yurak mushagi, o‘tkir yurak yetishmovchiligi, ventrikul funksiyasi, interventrikulyar septum, miokard gipertrrofiyasi, ultratovush tekshiruvi, klinik diagnostikaAbstract
Exokardiografiya turi va texnikasining keng imkoniyatlari kardiomiopatiya tashxisida juda muhim. Ikki o‘lchovli exokardiografiya yurakning umumiy morfologik o‘zgarishlarini, Doppler exokardiografiyasi esa yurakda qon oqimi, klapan orqali oqimning xususiyatlari, yurak ichki bosimlar va boshqa gemodinamik ko‘rsatkichlarni aniqlash imkonini beradi. Shuningdek, zamonaviy texnologiyalardan biri bo‘lgan kontrastli exokardiografiya yordamida murakkab klinik vaziyatlarda struktura va funksional o‘zgarishlarni aniqlash imkoniyati yanada kengayadi. So‘nggi yillarda paydo bo‘lgan 3D exokardiografiya texnologiyasi esa anatomik va funksional o‘zgarishlarni uch o‘lchovli formatda aks ettirib, aniqlik va ishonchlilikni oshirishda muhim rol o‘ynaydi.
Downloads
Published
2026-03-23
Issue
Section
Articles