QOQSHOL VA GAZLI GANGRENA QO‘ZG‘ATUVCHILARI TAVSIFI VA LABORATORIYA TASHHISI

Authors

  • Isroilova Sitora Ixtiyor qizi Author
  • Sadullayev Otanazar Qodirovich Author

Keywords:

qoqshol, gazli gangrena, Clostridium tetani, Clostridium perfringens, anaerob infeksiya, toksin, laboratoriya tashhisi, bakteriya, jarrohlik, immunizatsiya, profilaktika, nekroz.

Abstract

Jarohat infeksiyalari tibbiyot amaliyotida hamon dolzarb muammo bo‘lib, jarrohlik va travmatologiya sohalarida ham eng jiddiy asoratlardan biri hisoblanadi. Ular orasida qoqshol (tetanos) va gazli gangrena (gazonikrotik infeksiya) eng xavfli va hayot uchun tahdid qiluvchi kasalliklar sirasiga kiradi. Ushbu infeksiyalar tez kechuvchanligi, og‘ir asoratlar berishi, shuningdek, zamonaviy dezinfeksiya hamda immunizatsiya choralariga qaramasdan yuqori o‘lim darajasiga ega bo‘lishi bilan farq qiladi. Qoqshol va gazli gangrena qo‘zg‘atuvchilarining tavsifi va laboratoriya tashhisi infeksion kasalliklarni muvaffaqiyatli nazorat qilish uchun dolzarb ahamiyat kasb etadi. Jarohat infeksiyalari ko‘pincha terining yaxlitligi buzilganda, ayniqsa, chuqur jarohatlar, mayda travmalar, kuyishlar, shuningdek, jarrohlik amaliyotlari natijasida yuzaga keladi. Ushbu maqolada qoqshol va gazli gangrena qo‘zg‘atuvchilarining tavsifi, ularning patogenezi hamda laborotoriya tashhisi keng yoritiladi.

Author Biographies

  • Isroilova Sitora Ixtiyor qizi

    Urganch davlat tibbiyot instituti

    Pediatriya fakultetining 229- A  guruh talabasi                                           

  • Sadullayev Otanazar Qodirovich

    Ilmiy raxbar

Published

2026-03-23