BIR YOSHGACHA BOʻLGAN BOLALARDA PNEVMANIYA

Authors

  • Qurbonboyeva SHodiya Author
  • Umida Qalandarova Arslanovna Author

Keywords:

bir yoshgacha bo‘lgan bolalar, pnevmoniya, erta aniqlash, nafas olish buzilishi, isitma, yo‘tal, bolalarda asoratlar, diagnostika, tibbiy yordam, sog‘liqni saqlash.

Abstract

Bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda pnevmoniya mamlakatimiz tibbiyoti va jahon sog‘liqni saqlash tizimi oldida turgan eng muhim va dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Ushbu yosh davrda bolalar organizmining barcha tizimlari, jumladan, nafas olish tizimi to‘liq rivojlanib ulgurmagan bo‘ladi. Mazkur yosh guruhida pnevmoniyaning tarqalishi yuqori bo‘lishining asosiy sabablaridan biri organizmning immun tizimi kuchsizligi, tashqi muhit omillariga bo‘lgan sezuvchanlik va umumiy himoya mexanizmlarining yetarli darajada shakllanmaganligidir. Odatda, pnevmoniya turli mikroorganizmlar: bakteriyalar, viruslar yoki ba’zan zamburug‘lar sababli paydo bo‘ladi. Bu kasallik asosan qish va bahor mavsumlarida, ya’ni sovuq havoda va namlik yuqori paytlarda tez-tez uchraydi. Bunday vaqtda bolalarda yuqori nafas yo‘llari infeksiyalari ko‘payadi, bunda osonlik bilan asoratlanib pnevmoniyaga aylanish xavfi ortadi.

Author Biographies

  • Qurbonboyeva SHodiya

    Urganch davlat tibbiyot instituti

    Pediatriya fakulteti 321-B guruh talabasi

  • Umida Qalandarova Arslanovna

    Urganch davlat tibbiyot instituti

    Fiziologiya va patalogik fiziologiya kafedrasi mudiri

Published

2026-03-23