RAQAMLI PLATFORMALAR VA ONLAYN XIZMATLAR EKOTIZIMI
Keywords:
raqamli platformalar, onlayn xizmatlar, ekotizim, axborot texnologiyalari, integratsiya, raqamli madaniyat, innovatsiya, boshqaruv tizimi, axborot almashuvi, xavfsizlik.Abstract
Raqamli platformalar va onlayn xizmatlar ekotizimi bugungi modern jamiyat taraqqiyotining eng muhim zamonaviy koʻrinishlaridan biri sifatida shakllanib bormoqda. Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi, kommunikatsiya vositalarining takomillashuvi hamda global internet hamjamiyati kengayishi jamiyatning turli qatlamlari va sohalariga tubdan yangi imkoniyat va qulayliklar taqdim etadi. Har qanday zamonaviy muassasa yoki korxona faoliyatini samarali va oqilona yo‘lga qo‘yishda raqamli platformalar va onlayn xizmatlardan foydalanish zamon talabiga aylandi. Jamiyat a’zolari kundalik hayotida turli aks-sado va oʻzgarishlarni aynan raqamli makonda birinchi bo‘lib sezadi va inson faoliyatining har bir sohasiga axborot kommunikatsiyasi vositalari doimiy singib boraveradi.