PUL-KREDIT SIYOSATINING IQTISODIY O‘SISHGA TA’SIRI VA UNING SAMARADORLIGI.

Authors

  • Abdukarimova Orzigul Qarshiboy qizi Author
  • Ochilova Dilnoza Ismoilovna Author

Keywords:

investitsiya, transformatsiya, likvidlilik, monetar siyosat, transmissiya mexanizmi, Pul-kredit siyosati, liberallashtirish, inflyatsion targetlash.

Abstract

Maqolada O‘zbekiston Respublikasida 2017–2025 yillarda amalga oshirilgan pul-kredit siyosati islohotlari chuqur tahlil qilinadi. Valyuta bozorini liberallashtirish, inflyatsion targetlash rejimiga o‘tish, foiz stavkalari siyosatini transformatsiya qilish, likvidlikni boshqarish va kommunikatsion ochiqlikni kuchaytirish kabi yo‘nalishlar iqtisodiy o‘sish va makroiqtisodiy barqarorlikka sezilarli ta’sir ko‘rsatgani ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, pandemiya, global narx shoklari va fiskal taqchillik kabi tashqi omillar pul-kredit siyosatining samaradorligiga qanday ta’sir qilgani yoritiladi. Tadqiqotda inflyatsiyani 5% target sari pasaytirish, investitsiyalar hajmining ortishi, bank tizimi likvidligi va milliy valyutaga ishonchning kuchayishi asosiy natijalar sifatida qayd etiladi. Shu bilan birga, transmissiya mexanizmining to‘liq ishlamasligi, dollarizatsiya darajasi va kommunikatsion ishonchni mustahkamlash ehtiyoji kabi muammolar ham ko‘rsatilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar beriladi.

Author Biographies

  • Abdukarimova Orzigul Qarshiboy qizi

    Navoiy Innovatsiyalar Universiteti

    Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar) fakulteti

    3-kurs talabasi

  • Ochilova Dilnoza Ismoilovna

    Navoiy innovatsiyalar universiteti

    ” Iqtisodiyot va axborot texnologiyalari ” kafedrasi o`qituvchisi

Published

2026-03-23