TALABALARNING SPEKING KO’NIKMASINI RIVOJLANTIRISH YO’LLARI

Authors

  • Xushvakova Sarina Author

Keywords:

talabalarning speaking ko‘nikmasi, til o‘rganish, interaktiv metodlar, muloqot, motivatsiya, multimedia vositalari, kommunikativ kompetensiya.

Abstract

Ushbu maqolada talabalarning speaking (so‘zlashuv) ko‘nikmalarini rivojlantirish yo‘llari va samarali metodlari o‘rganilgan. Ingliz tilini o‘rganishda nutq ko‘nikmasini shakllantirish muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bu nafaqat lug‘at boyligini oshirish, balki fikrini aniq va ravon ifoda etish qobiliyatini ham rivojlantiradi. Maqolada speaking ko‘nikmalarini oshirishda interaktiv metodlar, guruhli mashg‘ulotlar, ro‘yxatli va rolli o‘yinlar, muhokama va debatlar, shuningdek, multimedia vositalaridan foydalanishning samaradorligi tahlil qilingan. Kirish qismida speaking ko‘nikmalarining til o‘rganishdagi roli va uning talabalarning umumiy kommunikativ kompetensiyasiga ta’siri bayon etilgan. Asosiy qismda nutq mashqlarini tizimli tashkil etish, pedagogik innovatsiyalar, o‘quvchilarni motivatsiyalash, shuningdek, real vaziyatlarda muloqot qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash usullari keng yoritilgan.

Author Biography

  • Xushvakova Sarina

    Navoiy Innovatsiyalar Universiteti

    Ingliz tili yo’nalishi 2-kurs talabasi

Published

2026-03-23