OKSIDLANISH-QAYTARILISH REAKSIYASIYALARI. KIMYOVIY OLAMNING ENERGIYA ALMANISHUVI
Keywords:
oksidlanish, qaytarilish, redoks reaksiyalari, energiya almashinuvi, elektron uzatuvchi tizim, oksidlovchi moddalar, qaytargich moddalar, kataliz, elektrokimyoviy zanjir.Abstract
Ushbu maqola kimyoviy olamdagi oksidlanish-qaytarilish (redoks) reaksiyalarining mohiyatini va ular orqali energiya almashinuvi jarayonlarini yoritadi. Oksidlanish va qaytarilish jarayonlari atom yoki molekulalardagi elektronlarning birikmalardan boshqa birikmalarga o‘tishi orqali amalga oshadi. Mazkur reaksiyalar biologik tizimlarda, sanoatda, energetik qurilmalarda va atrof-muhit jarayonlarida markaziy o‘rin tutadi. Maqolada redoks reaktsiyalarining asosiy qonuniyatlari, elektron uzatuvchi tizimlar, oksidlovchi va qaytargich moddalar, shuningdek energiya o‘zgarishi va issiqlik ajralishiga oid tushunchalar keng qamrovda tahlil qilinadi. Kirish qismida oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining tarixiy rivojlanishi va ularning kimyo fanidagi ahamiyati ta’kidlanadi. Asosiy qismda redoks jarayonlarining turli tizimlarda energiya hosil qilishi, katalizatorlar roli, elektrokimyoviy zanjirlar va biologik oksidlanish jarayonlari batafsil bayon etilgan. Shuningdek, maqolada energetik samaradorlikni oshirish usullari, sanoat va laboratoriya sharoitida redoks reaksiyalari misollari keltiriladi. Xulosa qismida oksidlanish-qaytarilish jarayonlarining kimyoviy olamda energiya almashinuvi, hayotiy jarayonlar va texnologik tizimlardagi ahamiyati umumlashtiriladi.