KORXONALAR FAOLIYATINI BAHOLASHDA ESG KO‘RSATKICHLARI TIZIMINI QO‘LLASH
Keywords:
ESG ko‘rsatkichlari, inson resurslari, mehnat xavfsizligi, boshqaruv samaradorligi, risklarni baholash, ESG standartlari, sanoat korxonalari.Abstract
Mazkur tezisda korxonalar faoliyatini baholashda ESG (Environmental, Social, Governance) ko‘rsatkichlari tizimining ahamiyati va qo‘llanilish mexanizmlari yoritilgan. ESG ko‘rsatkichlarining mazmuni, ularning xalqaro standartlar, konseptual asoslar hamda normativ-huquqiy hujjatlar bilan bog‘liqligi tahlil qilingan. Shuningdek, ekologik, ijtimoiy va boshqaruv komponentlari bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlar tizimi keltirilib, ularning korxona barqaror rivojlanishini baholashdagi o‘rni asoslab berilgan. Tadqiqot natijasida ESG ko‘rsatkichlarini to‘g‘ri tanlash va ularni kompleks qo‘llash korxonalarning uzoq muddatli barqarorligi hamda risklarga chidamliligini ta’minlashda muhim omil ekanligi aniqlangan.
Downloads
Published
2026-03-23
Issue
Section
Articles