FAVQULOTDA VAZIYATLAR XAVFI TUG‘ILGANIDA VA SODIR BO‘LGANIDA AHOLINI EVAKUATSIYA QILISH TARTIBLARINI TASHKILLASHTIRISH.

Authors

  • Xojimetov Sa’dulla Jumanazarovich Author

Keywords:

favqulodda vaziyatlar, aholini evakuatsiya qilish, xavfsizlik, boshqaruv tizimi, evakuatsiya rejasi.

Abstract

Maqolada favqulodda vaziyatlar xavfi paydo bo‘lganida va sodir bo‘lganida aholini evakuatsiya qilish tartiblarini tashkillashtirish masalalari o‘rganiladi. Aholini xavfsiz va tezkor evakuatsiya qilish samaradorligi favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik, rejalashtirish, boshqaruv tizimi va aholining xabardorligi bilan bevosita bog‘liqdir. Maqolada evakuatsiya jarayonining nazariy asoslari, xavf tahlili, evakuatsiya yo‘nalishlarini belgilash, boshqaruv mexanizmlari va kommunikatsiya tizimlari ko‘rib chiqiladi.

Shuningdek, maqolada real tajribalar, xalqaro va milliy standartlar asosida tavsiyalar taqdim etilib, aholini tez va samarali evakuatsiya qilish bo‘yicha metodik yondashuvlar ishlab chiqiladi. Tadqiqot natijalari favqulodda vaziyatlarda inson hayotini saqlash, jarayonlarni muvofiqlashtirish va favqulodda vaziyatlarga tayyorlik darajasini oshirishga xizmat qiladi.

Author Biography

Published

2026-03-23