YURAK ISHEMIK KASALLIGIDA KORONAR ARTERIYALAR STENTLASHIDAN SO‘NG KOMBINIRLANGAN GIPOLIPIDEMIK TERAPIYANING SAMARADORLIGI

Authors

  • Polvonov Behruzbek Tangriberganovich Author
  • Kenjayev Majid Latipovich Author
  • Maksudova Malika Hamdamjanovna Author
  • Nadirova Yulduz Isomovna Author

Keywords:

Yurak ishemik kasalligi, koronar arteriya stenti, kombinirlangan gipolipidemik terapiya, LDL xolesterin, statinlar, ezetimib, PCSK9 ingibitorlari.

Abstract

Ushbu maqolada yurak ishemik kasalligi (YIK) tashxisi bilan koronar arteriyalarga stent o‘rnatilgan bemorlarda kombinirlangan gipolipidemik terapiyaning samaradorligi tahlil qilinadi. Yevropa kardiologlar jamiyati (ESC)ning klinik ko‘rsatmalariga asosan, o‘ta yuqori yurak-qon tomir xavfi bo‘lgan bemorlarda past zichlikdagi lipoprotein xolesterin (LDL-X) darajasini <1,4 mmol/L (<55 mg/dL) gacha kamaytirish va bazaviy ko‘rsatkichga nisbatan ≥50% ga pasaytirish maqsad qilib belgilangan. Kombinirlangan terapiya - statinlar va ezetimib, shuningdek, PCSK9 ingibitorlari ushbu maqsadlarga erishishda statin monoterapiyasiga nisbatan sezilarli ustunlikka ega. Yevropa tajribasi (Germaniya, Shvetsiya) shuni ko‘rsatadiki, ixtisoslashtirilgan lipidologik ambulatoriyalarda muntazam kuzatuv natijasida LDL-X maqsadli darajalariga erishish darajasi sezilarli darajada yuqori bo‘ladi. O‘zbekistonda o‘tkazilgan tadqiqotlarda atorvastatin bilan davolash natijasida bemorlarning aksariyatida LDL-X maqsadli ko‘rsatkichlariga erishilganligi qayd etilgan. Maqolada kombinirlangan gipolipidemik terapiyaning stent ichi restenoz, aterosklerotik blyashka barqarorligi va umumiy yurak-qon tomir asoratlarini kamaytirishdagi o‘rni yoritilgan.

Author Biographies

  • Polvonov Behruzbek Tangriberganovich

    kardiologiya 1-kurs magistr

  • Kenjayev Majid Latipovich

    t.f.d.

  • Maksudova Malika Hamdamjanovna

    t.f.n.,dotsent

  • Nadirova Yulduz Isomovna

    assistent

    Toshkent davlat tibbiyot universiteti (Toshkent, O’zbekiston)

    2 Son Fakultet va gospital Terapiya, nefrologiya va gemodializ kafedrasi

Published

2026-03-24