YURAK ISHEMIK KASALLIGI VA ARTERIAL GIPERTENZIYASI BO‘LGAN BEMORLARDA FIKSIRLANGAN DORI VOSITALARINING HAYOT SIFATI VA DAVOLASH SAMARADORLIGIGA TA’SIRI
Keywords:
fiksirlangan dori vositalari, yurak ishemik kasalligi, arterial gipertenziya, hayot sifati, komplayens, polipragmaziya.Abstract
Ushbu maqolada yurak ishemik kasalligi (YIK) va arterial gipertenziya (AG) bilan og‘rigan bemorlarda fiksirlangan dori vositalarining (FDV) hayot sifati va davolash samaradorligiga ta’siri tahlil qilinadi. Yevropa va O‘zbekiston sharoitidagi retrospektiv kohort tadqiqotlari hamda adabiyotlar tahlili asosida FDV larning komplayensni oshirish (RR 1,42; 95% CI 1,28–1,58), qon bosimi va lipidlar nazoratini yaxshilash (SAD farqi –8,6 mm Hg; LDL farqi –0,4 mmol/l) borasidagi ustunligi ko‘rsatilgan. FDV lar polipragmaziyani 1,7 baravar kamaytiradi, bemorlarning jismoniy faolligini (SF-36 PF shkalasi bo‘yicha +14,2 ball) va umumiy hayot sifatini sezilarli yaxshilaydi. FDV larni keng joriy etish kardiologik bemorlarni boshqarish sifatini oshirishning samarali strategiyasi hisoblanadi.