ARTERIAL GIPERTENZIYASI BOR BEMORLARDA YURAK YETISHMOVCHILIGINI ERTA ANIQLASHNING KLINIK VA DIAGNOSTIK USULLAR AHAMIYATI

Authors

  • Qurbonova Munisa Xayrullayevna Author
  • Kenjayev Majid Latipovich Author
  • Maksudova Malika Hamdamjanovna Author

Keywords:

Arterial gipertenziya, yurak yetishmovchiligi, erta tashxis, natriuretik peptidlar, NT-proBNP, exokardiogramma, global longitudinal deformatsiya (GLS), chap qorincha gipertrofiyasi, kardiovaskulyar remodeling, klinik tavsiyalar.

Abstract

Mazkur ilmiy maqola arterial gipertenziya (AG) bilan og'rigan bemorlarda yurak yetishmovchiligini (YY) erta aniqlashning klinik-diagnostik xususiyatlarini Yevropa Kardiologlar Jamiyati (ESC) va Amerika Yurak Assotsiatsiyasi (AHA) ning 2021-2024 yillardagi so'nggi klinik tavsiyalari va ilmiy yangiliklar asosida tahlil qilishga bag'ishlangan. So'nggi yillarda olib borilgan kardiovaskulyar tadqiqotlar arterial gipertenziya va yurak yetishmovchiligi patogenezi o'rtasidagi murakkab bog'liqlikni tubdan qayta ko'rib chiqishni taqozo etdi. An'anaviy qarashlardan farqli o'laroq, zamonaviy yondashuv gemodinamik yuklanishdan ko'ra, neyrogumoral aktivatsiya, surunkali yallig'lanish va miokard fibrozi fonida rivojlanadigan kardiovaskulyar remodelingning ustuvorligini tan oladi. Maqolada YY tashxisida natriuretik peptidlar (NT-proBNP, MR-proANP) va zamonaviy ekokardiyografik parametrlarning (GLS, diastolik funksiya) o'rni tahlil qilingan. Ayniqsa, gipertenziv kardiyomiyopatiya va chap qorincha gipertrofiyasi kabi subklinik holatlarning YY fenotipiga ta'siri ESC 2023 arterial gipertenziya bo'yicha qo'llanma nuqtai nazaridan yoritilgan. Shuningdek, O'zbekiston populyatsiyasida kasallikning kechish xususiyatlari, mavjud diagnostik muammolar va erta aniqlash strategiyalarini takomillashtirish yuzasidan amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Author Biographies

  • Qurbonova Munisa Xayrullayevna

    – kardiologiya 1-kurs magistr

  • Kenjayev Majid Latipovich

    t.f.n.,dotsent

  • Maksudova Malika Hamdamjanovna

    t.f.n.,dotsent

    Toshkent davlat tibbiyot universiteti ( Toshkent, O’zbekiston)

Published

2026-03-24