YURAK QON TOMI TIZIMI MAVZUSINI O‘QITISHDA AQAMLI TA’LIM TEXNALOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING SAMARADOLIGI

Authors

  • Mansurbek Ongarov Bayambekovich Author
  • Roza Nuraliyeva Sultanmurat qizi Author

Keywords:

yurak-qon tomir tizimi, raqamli ta’lim texnologiyalari, biologiya ta’limi, interaktiv o‘qitish, virtual laboratoriya, 3D modellar, elektron ta’lim resurslari, ta’lim samaradorligi.

Abstract

Mazkur maqolada biologiya fanining muhim bo‘limlaridan biri hisoblangan yurak-qon tomir tizimi mavzusini o‘qitishda raqamli ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik va metodik samaradorligi yoritilgan. Raqamli ta’lim muhitida interaktiv taqdimotlar, animatsiyalar, virtual laboratoriyalar, 3D modellar, elektron darsliklar hamda onlayn baholash platformalaridan foydalanish o‘quvchilarning anatomik va fiziologik tushunchalarni chuqurroq va ongli ravishda o‘zlashtirishiga xizmat qilishi asoslangan. Yurak va qon tomirlarining tuzilishi hamda faoliyatiga oid murakkab jarayonlarni raqamli vositalar orqali vizual ifodalash dars jarayonining tushunarliligi va samaradorligini oshiradi. Shuningdek, raqamli texnologiyalar o‘quvchilarda mustaqil ta’lim olish, tanqidiy fikrlash va axborot bilan ishlash kompetensiyalarini shakllantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Maqolada yurak-qon tomir tizimi mavzusini o‘qitishda raqamli ta’lim texnologiyalaridan samarali foydalanish bo‘yicha metodik tavsiyalar keltirilgan..

Author Biographies

  • Mansurbek Ongarov Bayambekovich

    Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika unversiteti

    Biologiya kafedrasi p. f. f. d dotsenti

  • Roza Nuraliyeva Sultanmurat qizi

    Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika unversiteti

    Biologiya yo‘nalishi 2-kurs talabasi

Published

2026-03-24