MARKETINGDA SOTISH SIYOSATI KOMUNIKATSIYA SIYOSATI VA INTERAKTIV MARKETING
Keywords:
marketing, sotish siyosati, kommunikatsiya siyosati, interaktiv marketing, reklama, savdo strategiyasi, marketing kommunikatsiyalari, raqamli marketing, iste’molchi bilan muloqot, marketing strategiyasi.Abstract
Ushbu maqolada marketing tizimida sotish siyosati, kommunikatsiya siyosati hamda interaktiv marketingning ahamiyati va o‘ziga xos jihatlari tahlil qilinadi. Marketing faoliyatida sotish siyosati mahsulotni iste’molchiga yetkazish, savdo jarayonlarini samarali tashkil etish va bozor talabini qondirishda muhim rol o‘ynaydi. Kommunikatsiya siyosati esa korxona bilan iste’molchi o‘rtasida samarali axborot almashinuvi va o‘zaro aloqalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, maqolada zamonaviy raqamli texnologiyalar rivojlanishi natijasida keng qo‘llanilayotgan interaktiv marketingning mohiyati, uning iste’molchilar bilan bevosita muloqotni kuchaytirishdagi roli ham yoritiladi. Marketingning ushbu yo‘nalishlari korxonalarga raqobatbardoshlikni oshirish, iste’molchilar ehtiyojlarini chuqurroq o‘rganish va bozorda barqaror o‘rin egallash imkonini yaratishi asoslab beriladi.