BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA IJOBIY XULQ-ATVORNI SHAKLLANTIRISHDA PSIXOLOGNING ROLI

Authors

  • Mannopova Shaxnoza Rasuljonovna Author

Keywords:

ijobiy xulq-atvor, boshlang‘ich sinf, maktab psixologi, tarbiya, psixologik muhit, o‘quvchi shaxsiyati, ijtimoiy ko‘nikmalar, pedagogik jarayon, psixologik yordam.

Abstract

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijobiy xulq-atvorni shakllantirish jarayonida maktab psixologining o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Boshlang‘ich sinf davri bolaning shaxs sifatida shakllanishida muhim bosqichlardan biri hisoblanadi. Bu davrda bolalarda axloqiy qadriyatlar, ijtimoiy munosabatlar va xulq-atvor me’yorlari shakllanadi. Shu sababli o‘quvchilarda ijobiy xulq-atvorni rivojlantirishda maktab psixologi, o‘qituvchi va ota-onalarning hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada psixologik yondashuvlar, tarbiyaviy metodlar hamda psixologik treninglarning o‘quvchilar xulq-atvoriga ta’siri tahlil qilingan. Shuningdek, o‘quvchilarda ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirish, konfliktlarni bartaraf etish va sog‘lom psixologik muhit yaratish masalalari ham ko‘rib chiqilgan.

Author Biography

  • Mannopova Shaxnoza Rasuljonovna

    Andijon viloyati Asaka tumani 37-umumta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi

    University of Business and Science universiteti Pedagogika va psixologiya yo‘nalishi 5-kurs 21-05 guruh talabasi

Published

2026-03-24