OʼZBEKISTON TARIXI FANINI OʼQITISHDA INNOVATSION METODLAR: OʼQUVCHILAR FAOLLIGINI OSHIRISH VA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISHNING ILMIY-METODOLOGIK ASOSLARI

Authors

  • Davronbayev Ibrohim Ne’matjon o‘g‘li Author

Keywords:

innovatsion metodlar, tarix ta’limi, sun’iy intellekt, og‘zaki tarix, raqamli kontent, escape room, gamifikatsiya, o‘quvchi faolligi, O‘zbekiston ta’limi.

Abstract

Maqolada O‘zbekiston umumta’lim maktablarida tarix fanini o‘qitishda qo‘llash mumkin bo‘lgan to‘rt innovatsion metodning ilmiy-metodologik asoslari tahlil qilindi: sun’iy intellekt asosidagi tarixiy suhbat (AI chatbot), og‘zaki tarix podkast loyihasi, qisqa raqamli kontent yaratish (Reels/meme) hamda Tarixiy Escape Room (xonada chiqish) loyihasi. Global ilmiy tadqiqotlar asosida ushbu metodlarning o‘quvchilar motivatsiyasi, tanqidiy tafakkuri va tarixiy ongini rivojlantirishdagi samaradorligi ko‘rsatilgan. Maqola O‘zbekiston maktablarining real sharoitlarini hisobga olgan holda, tarix ta’limini zamonaviylashtirish va o‘quvchilarni faol ishtirokchiga aylantirish yo‘llarini taklif etadi.

Author Biography

  • Davronbayev Ibrohim Ne’matjon o‘g‘li

     

    Namangan davlat pedagogika instituti

    Ijtimoiy fanlar fakulteti 2-bosqich magistranti

Published

2026-03-25