DAVLAT QARZINI BOSHQARISHNING AMALIY HOLATI TAHLILI

Authors

  • Bayramov Mansurbek Furqat oʻgʻli Author

Keywords:

Davlat qarzi, davlat moliyasi, tashqi qarz, ichki qarz, qarz boshqaruvi, fiskal siyosat, byudjet kamomadi, investitsion siyosat, moliyaviy barqarorlik.

Abstract

Davlat qarzi har bir mustaqil davlat uchun moliyaviy barqarorlik va iqtisodiy taraqqiyotning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Davlat qarzi ko‘plab iqtisodiy, siyosiy va moliyaviy jarayonlar natijasida shakllanadi hamda uning hajmi va tuzilmasi mamlakat iqtisodiyotining umumiy holatini aks ettiradi. Bu haqda fikr yuritishdan avval davlat qarzining mazmuni va iqtisodiy tizimdagi o‘rniga qisqacha to‘xtalib o‘tish muhimdir. Davlat qarzi deganda hukumatning ichki va tashqi manbalardan majburiyiyatlarni moliyalashtirish uchun jalb qilgan moliyaviy resurslari tushuniladi. Ichki davlat qarzi – bu mamlakat ichidagi kredit muassasalari, yuridik va jismoniy shaxslar oldidagi qarzlardir. Tashqi davlat qarzi esa xorijiy davlatlar, xalqaro moliyaviy institutlar hamda boshqa kredit manbalaridan olingan mablag‘larni o‘z ichiga oladi. Davlat qarzining mavjudligi o‘z-o‘zidan salbiy holat emas, ammo uning miqdori, tuzilmasi va boshqarilish darajasi davlatning makroiqtisodiy ahvoliga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Author Biography

  • Bayramov Mansurbek Furqat oʻgʻli

    Toshkent Kimyo xalqaro universiteti magistri

Published

2026-03-25