JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR
Keywords:
jismoniy tarbiya, innovatsion pedagogik texnologiyalar, interaktiv metodlar, ta’lim samaradorligi, jismoniy faollik, sog‘lom turmush tarzi.Abstract
Mazkur maqolada bugungi jismoniy tarbiya darslarida innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo‘llashning o`rni va samaradorligi tahlil qilinadi. Ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik yondashuvlar, interaktiv metodlar hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarning jismoniy faolligini oshirish, ularning darsga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda muhim omil hisoblanadi. Maqolada jismoniy tarbiya darslarini tashkil etishda innovatsion metodlardan foydalanishning nazariy asoslari hamda ularning amaliy qo‘llanishi yoritilgan. Shuningdek, ushbu texnologiyalarni qo‘llash orqali ta’lim samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish va dars jarayonini yanada samarali tashkil etish masalalari ko‘rib chiqiladi.