QANDLI DIABETGA CHALINGAN BEMORLARGA OLMA SIRKASI ERITMASINING SHIFOBAXSH TA'SIRI

Authors

  • Saidova S.( Author
  • Akzamov V.B. Author

Keywords:

Olma sirkasi, qandli diabet, gipoglikemik ta'sir, insulin rezistentligi, asetik kislota, qon glyukozasi, poliphenollar, II tur diabet.

Abstract

Ushbu maqolada qandli diabetga chalingan bemorlarda olma sirkasi eritmasining qon glyukozasi darajasiga, insulin sezuvchanligi va lipid almashinuviga ko'rsatadigan shifobaxsh ta'siri o'rganilgan. Tadqiqot natijalari olma sirkasidag asosiy faol modda — asetik kislotaning pancreas va periferik to'qimalarga ta'sirini tushunishga yordam beradi. Ishda olma sirkasidag biologik faol birikmalarning fiziologik asoslari, ularning glyukoza darajasini pasaytirishdagi roli hamda qandli diabet II turi bilan og'rigan bemorlarga klinik ta'siri ilmiy adabiyotlar va tajriba natijalari asosida tahlil qilingan. Tadqiqot davomida olma sirkasidag poliphenollar, pektin va organik kislotalarning gipoglikemik xossalari, oshqozon-ichak yo'lidagi glyukoza so'rilishiga ta'siri va insulin rezistentligini kamaytirish mexanizmlari ko'rib chiqilgan.

Author Biographies

  • Saidova S.(

    Samarqand Davlat Universiteti, Odam va hayvonlar fiziologiyasi kafedrasi

  • Akzamov V.B.

    (akzamovvaleriy@gmail.com, +998942428224)

Published

2026-03-26