ITALYAN VA O‛ZBEK TILIDA ANTONIM, OMONIM VA SINONIMLARNING O‛ZARO O'XSHASH VA FARQLI JIHATLARI

Authors

  • Naimova Parvina Rustamovna Author
  • Shavkatova Nigina Farruxovna Author

Keywords:

antonim, omonim, sinonim, qiyosiy tahlil, leksik birliklar, semantik xususiyatlar, til taqqoslash, shakllanish mexanizmi, nutq funksiyasi, leksik tizim, prefiks, kontekst, uslubiy did, emotsional ohang

Abstract

Ushbu maqolada italyan va o‘zbek tillarida antonim, omonim va sinonimlarning leksik-semantik xususiyatlari qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi — ikkala tilda leksik birliklarning o‘zaro o‘xshash va farqli jihatlarini aniqlash, ularning shakllanish mexanizmlari va nutqdagi funksiyalarini yoritishdir. Maqolada antonimlarning shakllanishi, jumladan italyan tilida prefikslar yordamida hosil bo‘lishi hamda o‘zbek tilida mustaqil leksemalar orqali ifodalanishi misollar bilan ko‘rsatildi. Omonimlar sohasida esa italyan tilidagi kam uchraydigan omonimlarga nisbatan, o‘zbek tilida shakl va ma’no jihatidan ko‘p qirrali omonimlarning kontekstga bo‘lgan bog‘liqligi tahlil qilindi. Sinonimlarning uslubiy, emotsional va kontekstual farqlari ham ikki tilda taqqoslandi, bu esa nutq boyligini oshirishdagi ahamiyatini ko‘rsatdiMazkur tadqiqot natijalari chet tillarni o‘rgatish, tilshunoslikda nazariy izlanishlar, tarjima faoliyati va lingvistik tahlil jarayonlarida amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, til o‘rganuvchilarga ham samarali qo‘llanma bo‘lishi mumkin.

Author Biographies

  • Naimova Parvina Rustamovna

    O’qituvchi:

  • Shavkatova Nigina Farruxovna

    Samarqand davlat chet tillari instituti

Published

2026-03-26