SARKARDAGA MADAD BERGAN TULPORLAR VA AMIR TEMUR DAVRIDA UNING AHAMIYATI

Authors

  • Sohiba Ochilova Author

Keywords:

otchilik, tulpor, Amir Temur, Markaziy Osiyo, Farg‘ona otlari, harbiy yurishlar, chavandozlik, xalq og‘zaki ijodi, tarixiy manbalar, arxeologiya.

Abstract

Mazkur maqolada Markaziy Osiyo xalqlari tarixida otlarning tutgan o‘rni, ularning ijtimoiy, iqtisodiy va harbiy hayotdagi ahamiyati ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Ayniqsa, buyuk sarkarda Amir Temur davrida otlardan foydalanish, harbiy yurishlardagi ahamiyati, otchilik madaniyati va zotdor otlarni ko‘paytirish siyosati yoritiladi. Shuningdek, arxeologik topilmalar, xalq og‘zaki ijodi va yozma manbalar asosida Markaziy Osiyoda otchilik an’analarining shakllanishi va rivojlanishi ko‘rsatib beriladi. Maqolada Farg‘ona otlarining tarixiy ahamiyati, Xitoy manbalaridagi ma’lumotlar ham tahlil qilingan.

Author Biography

  • Sohiba Ochilova

    “Shahrisabz” davlat muzey qo‘riqxonasi

    Katta ilmiy xodimi

Published

2026-03-26