TURIZM RIVOJIDA GEOGRAFIYANING O'RNI
Keywords:
Turizm, geografiya, makon, resurslar, tahlil, iqtisodiy rivojlanish, infratuzilma, ekologik xavfsizlik, madaniy meros, barqaror taraqqiyot, hududiy salohiyat, rekreatsion zonalar, mahsulot va xizmatlar, investitsiya, innovatsion texnologiya.Abstract
Yangi asrda insoniyat taraqqiyoti yo‘lidagi muhim omillardan biri sifatida turizm sohasi jahon iqtisodiyotining, madaniy va ijtimoiy hayotning ajralmas qismiga aylangan. O‘zbekiston ham dunyo miqyosida turistik salohiyati, qadimiy va zamonaviy maskanlari, tabiiy resurslari, boy tarixiy–madaniy merosi bilan xalqaro maydonda tobora faol ishtirok etmoqda. Shu jarayonda geografik bilimlarning turizm rivojida tutgan o‘rni, mintaqaviy va global miqyosda ushbu fan ilgari surayotgan konsepsiya hamda tahlillarning ahamiyati yanada oshib borayotgani seziladi. Chunki, geografiyasiz zamonaviy turizm infratuzilmasini, turistik marshrutlarni, mintaqalararo ehtiyoj va imkon o‘zaro bog‘liqligini har tomonlama chuqur va ilmiy asosda o‘rganish, ilg‘or loyihalarni amalga oshirish, barqaror taraqqiyotni ta’minlash tasavvur qilib bo‘lmaydi.