PENSIYA TA’MINOTI TIZIMIGA TUSHADIGAN IJTIMOIY SOLIQ STAVKALARI MIQDORLARINING NOMUTANOSIBLIGI VA OPTIMAL IJTIMOIY SOLIQ STAVKASI BELGILASH MASALALARI
Abstract
Pensiya ta’minoti tizimi zamonaviy iqtisodiyotda ijtimoiy himoya siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ushbu tizimning samarali va barqaror faoliyat yuritishi, avvalo, unga yo‘naltiriladigan moliyaviy resurslar hajmi hamda ularning to‘g‘ri shakllanishiga bog‘liq. Bunda ijtimoiy soliq alohida ahamiyat kasb etadi, chunki aynan shu turdagi majburiy to‘lovlar orqali pensiya fondi shakllantiriladi. Shu bilan birga, ijtimoiy soliq stavkalarining nomutanosibligi tizimning muvozanatini buzib, iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni yuzaga keltiradi. Shu sababli optimal ijtimoiy soliq stavkasini belgilash masalasi dolzarb ilmiy-amaliy muammo sifatida namoyon bo‘ladi.
Downloads
Published
2026-03-28
Issue
Section
Articles