DIALEKT VA SOTSIAL DIALEKTLARNI SINXRON TARJIMADA UZATISHDA IJTIMOIY IDENTIFIKATSIYANI SAQLASH MUAMMOLARI

Authors

  • Norboyeva Zulxumor Author

Keywords:

Sinxron tarjima, dialekt, sotsial dialekt, ijtimoiy identifikatsiya, lingvistik tafovut, madaniy kontekst, fonetik xususiyatlar, leksik tafovut, tarjima strategiyasi, standartilashtirish

Abstract

Dialekt va sotsial dialektlar inson nutqining murakkab sathlarini o‘zida mujassam etgan, muayyan hudud yoki ijtimoiy guruhga oid bo‘lgan til unsurlari hisoblanadi. Bunday lingvistik xususiyatlar nutq egasining qaysi hududga mansub ekani, ijtimoiy holati, kasbi yoki yosh guruhini aniq ifodalaydi. Sinxron tarjima jarayonida dialekt va sotsial dialekt kabi murakkab lingvistik xilma-xilliklarni to‘liq va tabiiy shaklda uzatish ko‘plab muammolarni keltirib chiqaradi. Ushbu muammolar ijtimoiy identifikatsiyani saqlash, kommunikativ aniqlik, madaniy kontekst va tilga xos xususiyatlarni uzatish bilan bevosita bog‘liqdir

Author Biography

  • Norboyeva Zulxumor

    Oʻqish joyi: Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti magistratura boʻlimi,Tarjimonlik fakulteti, sinxron tarjima(ingliz tili) yoʻnalishi

    2-kurs magistranti

Published

2026-03-29