BUYUK IPAK YO‘LI: SIVILIZATSIYALAR MULOQOTI VA MADANIY ALMASHINUVNING TARIXIY VA ZAMONAVIY AHAMIYATI

Authors

  • Sharipov MuhammadAshur Umidjonovich Author
  • Narzulloyev MuhammadAmin Nasriddin o'g'li Author

Keywords:

Buyuk ipak yo‘li, Markaziy Osiyo, savdo yo‘llari, sivilizatsiyalar muloqoti, madaniy almashinuv, tarixiy meros

Abstract

Ushbu ilmiy maqolada Buyuk ipak yo‘lining shakllanishi, uning Sharq va G‘arb o‘rtasidagi iqtisodiy, madaniy va ilmiy aloqalarni rivojlantirishdagi roli tahlil qilinadi. Maqolaning asosiy maqsadi Buyuk ipak yo‘lining jahon sivilizatsiyalarini bog‘lovchi tarixiy tizim sifatidagi ahamiyati va Markaziy Osiyo hududining ushbu yo‘ldagi strategik rolini aniqlashdan iborat. Tadqiqotda tarixiy‑tahliliy, qiyosiy va manbashunoslik metodlari qo‘llanildi va Buyuk ipak yo‘lining savdo, madaniy almashinuv hamda ilmiy bilimlar tarqalishidagi roli yoritildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, Buyuk ipak yo‘li nafaqat savdo yo‘li, balki Sharq va G‘arb madaniyatlarini bog‘lovchi kommunikatsiya tizimi bo‘lgan. Yo‘l orqali savdo mahsulotlari, fikrlar, texnologiyalar va diniy g‘oyalar almashilgan. Shu bilan birga Markaziy Osiyo hududi yo‘lning markaziy qismiga aylangan va bu mintaqaning iqtisodiy va madaniy rivojiga sezиларли таъсир кўрсатган. Bu maqola Buyuk ipak yo‘lining jahon tarixidagi o‘rnini chuqurroq anglashga yordam beradi.

Author Biographies

  • Sharipov MuhammadAshur Umidjonovich
    Inspiring international school halqaro maktabi o’quvchisi
  • Narzulloyev MuhammadAmin Nasriddin o'g'li

    Inspiring international school NDT muassasida da tarix fani o'qituvchisi

Published

2026-03-29