IMOM MOTURIDIY VA KALOM ILMINING SHAKLLANISHI: AQIDAVIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI

Authors

  • Murodova Dilrabo Shomurodovna Author
  • Umarov Baxtishod Baxridin o’g’li Author
  • Norqulova Nigora Xurshid qizi Author

Keywords:

Moturidiylik, kalom ilmi, aqida, islom ilohiyoti, aql va naql, diniy tafakkur

Abstract

Mazkur maqolada Abu Mansur al-Maturidining islom aqidaviy tafakkuri rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi hamda Kalom ilmining shakllanishi va taraqqiyotidagi o‘rni tahlil qilinadi. Imom Moturidiy Movarounnahr hududida shakllangan Moturidiylik aqidaviy maktabining asoschisi sifatida islom ilohiyotida muhim o‘rin egallaydi. Uning ilmiy merosi Qur’on va hadisga tayangan holda aql va mantiqiy dalillar orqali islom aqidasini izohlashga qaratilganligi bilan ajralib turadi.

Maqolada kalom ilmining paydo bo‘lish sabablari, uning islom aqidasini himoya qilishdagi ahamiyati hamda turli aqidaviy oqimlar bilan ilmiy munozaralarda tutgan o‘rni yoritiladi. Shuningdek, Imom Moturidiy tomonidan ilgari surilgan aql va naql uyg‘unligi, inson irodasi, taqdir masalasi, imon tushunchasi kabi muhim aqidaviy masalalar ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida Moturidiylik ta’limotining o‘ziga xos jihatlari, uning boshqa kalom maktablaridan farqli tomonlari ham ko‘rib chiqiladi

Author Biographies

  • Murodova Dilrabo Shomurodovna

    Buxoro davlat universiteti dotsenti, t.f.f.d. (PhD)

  • Umarov Baxtishod Baxridin o’g’li

    Buxoro davlat universiteti dotsenti, t.f.f.d. (PhD)

  • Norqulova Nigora Xurshid qizi

    Buxoro davlat universiteti talabasi

Published

2026-03-29