O‘QUVCHILARDAGI IJODIY QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHNING PSIXALOGIK ASOSLARI
Keywords:
Ijodiy qobiliyat, ijodiy fikrlash, psixologik asoslar, o‘quvchilar rivoji, ta’lim jarayoni, pedagogik yondashuv, mustaqil tafakkur, motivatsiya, ijodkorlikni rivojlantirish, pedagogik muhitAbstract
Ushbu maqolada o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning psixologik asoslari keng tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim tizimida o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini shakllantirish, ularning mustaqil va erkin tafakkurini rivojlantirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. O‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishda psixologik omillar, shaxsiy xususiyatlar, motivatsiya hamda qiziqishlarning o‘rni yoritib beriladi. Shuningdek, ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish jarayonida pedagogik muhit, ta’lim metodlari va o‘qituvchining yo‘naltiruvchi roli muhim ahamiyatga ega ekanligi ilmiy jihatdan asoslab beriladi. Ushbu jarayonda o‘quvchilarning individual imkoniyatlarini hisobga olgan holda ijodiy faoliyatni tashkil etish, muammoli vaziyatlar yaratish, mustaqil fikrlashga undovchi topshiriqlardan foydalanish kabi samarali pedagogik usullar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, o‘quvchilarda ijodkorlikni rivojlantirish orqali ularning intellektual salohiyatini oshirish, yangi g‘oyalarni ilgari surish qobiliyatini shakllantirish hamda ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish masalalari yoritiladi. Natijalar asosida o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda psixologik yondashuvlarning muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi