YOSH QIZLARDA (20-25 YOSH) TUXUMDON ENDOMETRIOZI
Keywords:
tuxumdon, endometrioz, reproduktiv yosh, etiologiyaAbstract
Ushbu maqola reproduktiv yoshdagi ayollar orasida hozirgi kundagi dolzarb ginekologik muammolardan biri hisoblangan tuxumdon endometriozining 20-25 yoshli qizlar orasida uchrash xususiyatlarini o’rganishga bag’ishlangan. Tadqiqot jarayonida kasallikning epidemiologik ko’rsatkichlari, asosiy etiologik omillari, jumladan gormonal disbalans, immun tizimi buzilishlari, genetik moyillik hamda tashqi muhit ta’sirlari tahlil qilindi. Yosh bemorlarda kasallikning kech diagnostika qilinishi, klinik simptomlarning boshqa ginekologik patologiyalar bilan o’xshashligi hamda reproduktiv funksiyaga salbiy ta’siri alohida yoritildi. Tadqiqot natijalari tuxumdon endometriozining yosh ayollar orasida dolzarb tibbiy muammo ekanligini tasdiqlaydi va kasallikni erta aniqlash, profilaktika choralarini takomillashtirish hamda yosh ayollar orasida sog’lom turmush tarzini shakllantirish zarurligini ko’rsatadi