O‘ZBEKISTONDA BUXGALTERIYA HISOBINING MILLIY TIZIMINI XALQARO STANDARTLAR ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH
Keywords:
Buxgalteriya hisobi, MHHS (IFRS), BHMS (NAS), moliyaviy hisobot, transformatsiya, investitsiya muhiti, shaffoflik, moliyaviy audit, buxgalteriya metodologiyasi, kadrlar malakasi, xalqaro tajriba, iqtisodiy islohotlarAbstract
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotning milliy tizimini xalqaro standartlar (MHHS) asosida takomillashtirishning konseptual asoslari va amaliy ahamiyati tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida milliy standartlar (BHMS) va xalqaro mezonlar o‘rtasidagi tafovutlar qiyosiy o‘rganilib, korxonalarning moliyaviy shaffofligini oshirish orqali mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini yuksaltirish strategiyalari yoritib berilgan. Shuningdek, maqolada xo‘jalik yurituvchi subyektlarda MHHSni joriy etishning tashkiliy-uslubiy muammolari, raqamli texnologiyalarning hisob tizimidagi o‘rni hamda soha mutaxassislarining xalqaro malaka darajasini oshirish masalalari ilmiy jihatdan asoslangan. Tadqiqot yakunida buxgalteriya hisobining milliy modelini xalqaro talablarga moslashtirish bo‘yicha mualliflik takliflari va amaliy tavsiyalar ilgari surilgan.