FUQAROLIK JAMIYATINING SHAKLLANISHIDAGI MUAMMOLAR: FINLANDIYA VA O’ZBEKISTONNING QIYOSIY TAHLILI
Keywords:
fuqarolik jamiyati, NNT, demokratiya, ijtimoiy kapital, davlat va jamiyat munosabatlari, Finlandiya, O’zbekistonAbstract
Mazkur tadqiqotda O’zbekiston va Finlandiya misolida fuqarolik jamiyatining shakllanishidagi muammolar qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqot institutsional, huquqiy va ijtimoiy omillar asosida fuqarolik institutlari rivojiga ta’sir etuvchi jihatlarni o’rganadi. Natijalar shuni ko’rsatadiki, O’zbekistonda fuqarolik faolligining nisbatan pastligi, nodavlat notijorat tashkilotlari mustaqilligining cheklanganligi hamda huquqiy madaniyatning yetarli darajada shakllanmaganligi asosiy muammolar hisoblanadi. Aksincha, Finlandiya tajribasi yuqori ijtimoiy ishonch, mustaqil institutlar va davlat aralashuvining minimal darajada ekanligi bilan ajralib turadi. Tadqiqotda O’zbekiston uchun fuqarolik ta’limini rivojlantirish, NNT mustaqilligini kuchaytirish va jamoatchilik nazoratini takomillashtirish bo’yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.