AYOLLARDA XOMILADORLIKDAN KEYIN UCHRAYDIGAN KO'P UCHRAYDIGAN INFEKSION PATOLOGIYA

Authors

  • Raxmonova Durdona Zohid qizi Author
  • Elmurodov Ubaydullo Qurbon O‘g‘li Author
  • Yaxshiyeva Rushana Lutfulla qizi Author
  • Muydinov Dilshodbek Xurshidjon o'g'li Author

Keywords:

tug‘uruqdan keyingi endometrit, puerperal infeksiya, sepsis, bachadon yallig‘lanishi, cesarean kesish, infektsiya, asoratlar, reproduktiv salomatlik

Abstract

Tug‘uruqdan keyingi endometrit — bu puerperal davrda bachadon endometriysining polimikrob etiologiyali yallig‘lanishi bo‘lib, u asosan tug‘ruq jarayonida yoki undan keyin genital yo‘llar orqali yuqoriga ko‘tarilgan infeksiya natijasida rivojlanadi. Kasallik klinik jihatdan isitma, pastki qorin og‘rig‘i, bachadonning og‘riqli kattalashuvi va yomon hidli lohiyalar bilan namoyon bo‘ladi. Infeksiya tez-tez cesarean kesish, uzoq davom etgan tug‘ruq, amniotik pardaning erta yorilishi, ko‘p marotaba vaginal tekshiruvlar va tug‘ruqdan keyingi qon ketish bilan bog‘liq. Patogenezida bachadon shilliq qavatining shikastlanishi, nekrotik to‘qimalarda mikroorganizmlarning kolonizatsiyasi va yallig‘lanish mediatorlarining ajralishi muhim rol o‘ynaydi. Kasallik o‘z vaqtida davolanmasa, og‘ir asoratlar rivojlanadi: sepsis, peritonit, kichik chanoq absessi, septik tromboflebit, septik shok va uzoq muddatli reproduktiv buzilishlar. Shu sababli endometritni erta aniqlash, profilaktika va kompleks davolash reproduktiv salomatlikni saqlashda muhim hisoblanadi

Published

2026-04-02