SHARQ UYG‘ONISH DAVRI VA UNDA TA’LIM-TARBIYA MASALALARI
Keywords:
Sharq uyg‘onish davri, ta’lim, tarbiya, ilm-fan, ma’naviyat, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ulug‘bek, Navoiy, pedagogik meros.Abstract
Mazkur maqolada Sharq uyg‘onish davrining mazmun-mohiyati, uning ilm-fan va ma’naviy hayot taraqqiyotidagi o‘rni hamda bu davrda ta’lim-tarbiya masalalarining tutgan o‘rni ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Ayniqsa, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Qoshg‘ariy, Ahmad Yugnaki, Burhoniddin Marg‘inoniy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy kabi mutafakkirlarning ta’limiy-axloqiy qarashlari yoritiladi. Maqolada Sharq uyg‘onish davrining bugungi O‘zbekiston ta’lim siyosati bilan uzviy bog‘liqligi ochib berilib, zamonaviy islohotlar, statistik ko‘rsatkichlar va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ta’lim, ma’naviyat va ilm-fanga oid fikrlari asosida xulosalar chiqariladi. Tadqiqot natijasida Sharq uyg‘onish davri merosi nafaqat tarixiy hodisa, balki bugungi ta’lim tizimini takomillashtirish uchun muhim nazariy-metodologik asos ekanligi isbotlanadi.