ZAMONAVIY JAMIYATDA TILNING AHAMIYATI
Keywords:
til, jamiyat, taraqqiyot, madaniyat, milliy qadriyat, axborot, zamonaviylik, tarbiya, ta’lim, avlod, tafakkur, ona tili, o‘zlik, urf-odat, globallashuv.Abstract
Til inson jamiyati taraqqiyotining asosi, madaniyat va tafakkurining bosh mezonidir. Til tufayli inson o‘z fikrini bildirib, o‘z o‘yini aniq va ravon bayon qilishi mumkin. Jamiyat hamisha dinamik taraqqiy etadi va bu jarayonda asosiy omil sifatida til namoyon bo‘ladi. Har qanday jamiyatda, har qanday tuzumda til asosiy muloqot vositasi bo‘lib, u jamiyat a’zolari o‘rtasida o‘zaro tushunish va axborot almashinuvi uchun xizmat qiladi. Milliy tafakkur va onglilikning, madaniyat va qadriyatlarning, jamiyat a’zolarining o‘zaro aloqasini rivojlantirishda ham aynan til yetakchi ahamiyatga egadir. Zamonaviy jamiyatda har bir inson o‘zini erkin va to‘laqonli namoyon eta olishining asosiy yo‘li bo‘lmish til, shaxs va jamiyat o‘rtasidagi mustahkam ko‘prik vazifasini bajaradi.