ISHSIZLIK VA UNING IQTISODIYOTGA TA’SIRI
Keywords:
ishsizlik, bandlik, iqtisodiyot, daromad, mehnat bozori, iqtisodiy o‘sish, Okun qonuni, ish o‘rinlari, aholi, ijtimoiy muammoAbstract
Ushbu maqolada ishsizlik masalasi va uning iqtisodiyotga ta’siri oddiy va tushunarli tarzda yoritilgan. Hozirgi kunda ishsizlik ko‘plab davlatlar uchun muhim muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Ish topa olmayotgan aholi sonining ortishi nafaqat odamlarning daromadiga, balki umumiy iqtisodiy rivojlanishga ham ta’sir qiladi.Maqolada ishsizlikning asosiy turlari, uning kelib chiqish sabablari hamda iqtisodiyotga qanday ta’sir ko‘rsatishi misollar orqali tushuntiriladi. Shuningdek, O‘zbekistondagi bandlik holatiga ham qisqacha to‘xtalib o‘tilgan. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, ishsizlik darajasining yuqori bo‘lishi ishlab chiqarish hajmining kamayishiga, aholi turmush darajasining pasayishiga va ijtimoiy muammolarning ko‘payishiga olib keladi. Shu sababli yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholini band qilish masalasi muhim ahamiyatga ega.