INFLYATSIYA VA UNING IQTISODIYOTGA TA’SIRI
Keywords:
inflyatsiya, narxlar darajasi, talab inflyatsiyasi, xarajat inflyatsiyasi, makroiqtisodiyot, pul-kredit siyosati, iqtisodiy o‘sish, real daromad, Markaziy bank, fiskal siyosatAbstract
Mazkur maqolada inflyatsiya tushunchasi, uning kelib chiqish sabablari va iqtisodiyotga ta’siri tahlil qilinadi. Inflyatsiya iqtisodiyotning muhim ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lib, narxlar umumiy darajasining o‘sishi orqali namoyon bo‘ladi. Maqolada talab va xarajat inflyatsiyasi, ularning yuzaga kelish omillari hamda iqtisodiy o‘sishga ta’siri yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda so‘nggi yillarda kuzatilgan inflyatsiya darajalari misol sifatida keltirilib, ularning iqtisodiy jarayonlarga ta’siri tahlil qilinadi. Natijalar asosida inflyatsiyani nazorat qilishning asosiy yo‘llari va davlat siyosati muhimligi ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot davomida statistik ma’lumotlar va oddiy iqtisodiy tahlil usullaridan foydalanildi.Inflyatsiya darajasining oshishi aholi real daromadlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, ishlab chiqarish xarajatlarini oshirishi va iqtisodiy barqarorlikka xavf tug‘dirishi mumkinligi aniqlangan. Shu sababli inflyatsiyani boshqarish makroiqtisodiy siyosatning asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.