IQTISODIY TIZIMLARNING EKOLOGIK BARQARORLIKKA TA’SIRI: GLOBAL VA MINTAQAVIY YONDASHUVLAR
Keywords:
iqtisodiy tizim, ekologik barqarorlik, bozor iqtisodiyoti, rejali iqtisodiyot, aralash iqtisodiyot, tabiiy resurslar, atrof-muhit muhofazasiAbstract
Ushbu maqolada iqtisodiy tizimlarning ekologik barqarorlikka ta’siri global va mintaqaviy darajada kompleks tahlil qilinadi. Bozor, rejali va aralash iqtisodiyot sharoitida atrof-muhitga ko‘rsatiladigan ta’sirlar solishtirilib, ularning ekologik oqibatlari aniq misollar asosida yoritilgan. Xususan, Aral dengizi inqirozi, rivojlangan davlatlarda olib borilayotgan ekologik siyosat hamda suv va energiya resurslaridan foydalanish samaradorligi tahlil qilinadi. Maqolada tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish va ekologik siyosatni takomillashtirish orqali barqaror rivojlanishga erishish yo‘llari asoslab berilgan. Shuningdek, iqtisodiy qarorlarning ekologik muvozanatga uzoq muddatli ta’siri ilmiy jihatdan baholanadi.