IJTIMOIY TARMOQLARNING NOGIRON FARZANDLI OILALARGA TA’SIRI

Authors

  • Abdunabiyeva Dilshoda Author
  • Habibjanova Nodira Author

Keywords:

ijtimoiy tarmoqlar, nogiron farzand, oila, psixologik qo‘llab-quvvatlash, jamiyat, ongli foydalanish

Abstract

Ushbu maqolada ijtimoiy tarmoqlarning nogiron farzandli oilalar hayotiga ko‘rsatadigan ijobiy va salbiy ta’siri tahlil qilinadi. Bugungi raqamli jamiyat sharoitida ijtimoiy tarmoqlar axborot almashish, tajriba o‘rtoqlashish va psixologik qo‘llab-quvvatlashning muhim vositasiga aylangan. Maqolada nogiron farzand tarbiyalayotgan ota-onalar uchun ijtimoiy tarmoqlarning axborot manbai sifatidagi ahamiyati, ularning ijtimoiy faolligini oshirishdagi o‘rni hamda ruhiy holatiga ta’siri yoritib berilgan. Shuningdek, noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqalishi, kamsituvchi munosabatlar va salbiy psixologik bosim kabi muammolar ham ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlardan ongli va maqsadli foydalanish nogiron farzandli oilalarning jamiyatga moslashuvini yengillashtiradi hamda ularning hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.

Author Biographies

  • Abdunabiyeva Dilshoda

    Namangan Davlat Pedagogika instituti

    Ijtimoiy ish yo’nalishi  talabasi

  • Habibjanova Nodira

    Ilmiy rahbar

Published

2026-04-03