INGLIZ TILINI O‘RGANISH JARAYONIDA KOʻP UCHRAYDIGAN XATOLIKLARGA YECHIM
Keywords:
ingliz tili, xatolar, grammatik tuzum, talaffuz, lug‘at, tarjima, madaniy tafovutlar, metodologiya.Abstract
Ushbu maqolada ingliz tilini oʻrganish jarayonida oʻzbek tilida so‘zlashuvchi talabalar orasida tez-tez uchraydigan xatolar turlari va ularni bartaraf etish yo‘llari muhokama qilinadi. Kirish qismida mavzuga tegishli asosiy tushunchalar va xatolar sabablariga oid ilmiy adabiyotlar qisqacha koʻrib chiqiladi. Adabiyotlar tahlilida turli tadqiqotlarda qayd etilgan xato turlariga (grammatika, talaffuz, lug‘at va tarjima xatolari) nazariy nuqtai nazardan eʼtibor qaratiladi. Tadqiqot metodologiyasi boʻlimida olingan maʼlumotlarni toʻplash va tahlil qilish usullari bayon etiladi. Tahlil va natijalar boʻlimida oʻrganilgan materiallar asosida ko‘p uchraydigan muammolar aniqlanib, ularning asosiy sabablari hamda yechim takliflari koʻrib chiqiladi. Xulosa va takliflarda o‘rganish samaradorligini oshirish, dars jarayonini yaxshilashga qaratilgan metodik tavsiyalar beriladi