BOSHLANG’ICH SINFLARDA INGLIZ TILINI O’RGATISH UCHUN QIZIQARLI O’YIN VA INTERFAOL METODLARNI TASHKIL ETISH USULLARI
Keywords:
interaktiv mashqlar, svetofor, rasm chizish, letter, Health matter, kasalliklarAbstract
Boshlang’ich sinflarda ingliz tilini o’rgatish jarayonida qiziqarli o’yinlar va interfaol metodlardan foydalanish o’quvchilarning motivatsiyasini oshirish, tilga bo’lgan qiziqishini kuchaytirish va bilimlarni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada ingliz tilini o’rgatish uchun samarali va ijodiy o’yin hamda interfaol metodlarni tashkil etish usullari ko’rib chiqiladi. Jumladan, «Traffic Light Game» (Svetofor o’yini), «Picture Dictation» (Rasm bo’yicha yozish) kabi o’yinlarning tavsifi, ularni tashkil etish bosqichlari hamda o’quvchilarga ta’siri yoritiladi. Metodik yondashuv sifatida harakatga asoslangan (kinaestetik), vizual, eshitish va kommunikativ metodlar uyg’unligi taklif etiladi. Ushbu usullar boshlang’ich sinf o’quvchilarining so’z boyligini oshirish, eshitish va tushunish ko’nikmalarini shakllantirish, shuningdek, jamoaviy ishlash va mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi..