BOSHLANG‘ICH SINFLARDA KITOBXONLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI

Authors

  • Bovanova Umida Abduvahobovna Author
  • Bo’riyeva Shodiya Author

Keywords:

kitobxonlik, boshlang‘ich sinf, pedagogika, bola, oilaviy tarbiya, sinf kutubxonasi, kitobga mehr, mustaqil fikrlash, kitob tanlash, zamonaviy texnologiyalar.

Abstract

Bugungi tez sur’atlarda rivojlanayotgan va yangilanayotgan zamonimizda har bir inson, ayniqsa, yoshlar hayotida kitobning tutgan o‘rni beqiyos. O‘qituvchi va ota-onalarning harakatlari natijasida bolaligidayoq kitobga muhabbat uyg‘onishi, uni qadrlash va anglash, mustahkam motivatsiya shakllanishi shu davrning eng muhim vazifalaridan hisoblanadi. Bolaning shaxsiy kamoloti, tafakkuri, nutqi, dunyoqarashi, ma'naviyati va madaniyati ko‘p jihatdan kitob bilan bog‘liq. Bir fikr aytilgan: biror millatning intellektual salohiyati — u bolaligida o‘qigan kitoblar soni bilan belgilanadi. Ana shu kitoblar orqali bola to‘g‘ri yo‘l tanlaydi, orzu va maqsadlarni aniqlaydi, hayotga, yurtga va odamzodga nisbatan munosabatini shakllantiradi. Kitob o‘qish, asar mazmunini his qilish, o‘qiganidan xulosa chiqarish, uni kundalik hayotida qo‘llash, asarda aks etgan toza tuyg‘ular, halollik va ezgulik sifatlarini o‘z shaxsiyatiga singdirish bolasining kelajakda ongli, mustaqil va zamonaviy fuqaroga aylanishida muhim rol o‘ynaydi.

Author Biographies

  • Bovanova Umida Abduvahobovna

    Ilmiy rahbar:Toshkent amaliy fanlar universiteti o’qituvchisi v.b dotsent

    umidabovanova8@gmail.com

  • Bo’riyeva Shodiya

    Talaba

Published

2026-04-04