ZAMONAVIY IQTISODIYOTDA BOZOR MUVAFFAQIYATSIZLIKLARI VA DAVLATNING IQTISODIY BARQARORLIKNI TA'MINLASHDAGI ROLI
Keywords:
bozor muvaffaqiyatsizligi, davlat aralashuvi, iqtisodiy barqarorlik, monopoliyaga qarshi siyosat, tashqi ta'sirlar, jamoat tovarlari, fiskal siyosat, monetar siyosat.Abstract
Ushbu ilmiy maqolada zamonaviy iqtisodiyotda bozor muvaffaqiyatsizliklarining namoyon bo'lish shakllari va davlatning iqtisodiy barqarorlikni ta'minlashdagi o'rni tahlil qilinadi. Klassik iqtisodiy nazariya bozor mexanizmining o'z-o'zini tartibga solish qobiliyatiga ega ekanligini ta'kidlasa-da, real iqtisodiy hayotda bozor mexanizmi har doim ham samarali ishlayvermaydi. Monopoliya, tashqi ta'sirlar, jamoat tovarlari, nomukammal axborot va makroiqtisodiy nomutanosibliklar kabi hodisalar bozor muvaffaqiyatsizliklariga olib keladi. Aynan shunday hollarda davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvi zaruriyatga aylanadi. Maqolada bozor muvaffaqiyatsizliklarining asosiy turlari, ularning iqtisodiyotga salbiy ta'siri hamda davlat tomonidan qo'llaniladigan tartibga solish mexanizmlari yoritilgan. Tadqiqot natijalariga ko'ra, zamonaviy iqtisodiyotda davlatning roli nafaqat bozor muvaffaqiyatsizliklarini bartaraf etish, balki uzoq muddatli iqtisodiy barqarorlikni ta'minlashdan iborat.