INSON KAPITALI VA IQTISODIY RIVOJLANISH
Keywords:
inson kapitali, iqtisodiy rivojlanish, ta'lim, sog'liqni saqlash, malaka, mehnat unumdorligi, investitsiya.Abstract
Ushbu maqolada inson kapitali tushunchasining iqtisodiy mohiyati, uning shakllanish omillari hamda mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishiga ta'siri tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, ta'lim, sog'liqni saqlash va malaka oshirish tizimlariga ajratilgan sarmoyalar mehnat unumdorligini oshirish, innovatsion faollikni kuchaytirish va aholi daromadlarini ko'paytirish orqali iqtisodiy o'sishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko'rsatadiki, tabiiy boyliklardan ko'ra inson kapitalining sifati va uning doimiy rivojlanishi uzoq muddatli iqtisodiy taraqqiyot uchun muhimroq ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, ayrim mamlakatlarda inson kapitalining past darajasi, ta'lim va sog'liqni saqlash tizimlarining yetarli darajada rivojlanmaganligi iqtisodiy o'sish sur'atlariga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Tadqiqot qiyosiy tahlil va tarixiy usullar asosida olib borilgan bo'lib, natijalar inson kapitalini rivojlantirish va uni iqtisodiyot ehtiyojlari bilan uyg'unlashtirish bo'yicha amaliy tavsiyalarni o'z ichiga oladi.