TA`LIMDA ONGLILIK VA FAOLLIK PRINSIPI

Authors

  • Tursunova Malika Baxtiyor qizi Author
  • Daminova Sevinch Tuychi qizi Author

Keywords:

Ta’lim, nazariya, amaliyot birligi, pedagogik prinsiplar, onglilik.

Abstract

Ushbu maqolada ta’lim jarayonida nazariy bilimlarni amaliy hayot bilan uzviy bog‘lashning ahamiyati yoritiladi. Jumladan, o‘quvchilarni jamiyat hayotida faol ishtirok etishga tayyorlashda ta’limning amaliy yo‘naltirilgan bo‘lishi zarurligi asoslab beriladi. Shuningdek, Abu Nasr Forobiy ta’limni nazariy va amaliy qismlarga ajratgan holda, ularning o‘zaro bog‘liqligi va kundalik hayotdagi ahamiyatini izohlagani tahlil qilinadi.Maqolada nazariyani amaliyot bilan uyg‘unlashtirishning asosiy yo‘llari, xususan, o‘quvchilarning shaxsiy tajribasi, o‘yin faoliyati, sayohatlar, laboratoriya ishlari hamda ijtimoiy-foydali mehnat orqali bilimlarni mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari, ta’limda o‘quvchilarning ongliligi va faolligini ta’minlash, ularning mustaqil fikrlashi, ijodiy yondashuvi va mas’uliyat hissini rivojlantirish muhim omil sifatida talqin etiladi.

Mazkur maqola ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, o‘quvchilarda nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish hamda ularning har tomonlama rivojlanishiga xizmat qiladi.

Author Biographies

  • Tursunova Malika Baxtiyor qizi

    Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi kafedrasi kata o’qituvchisi  (PhD)

  • Daminova Sevinch Tuychi qizi

    O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Boshlang’ich ta’lim yonalishi 3-bosqich talabasi

Published

2026-04-06