NAIM KARIMOV IJODIDA ADABIY PORTRET JANRI
Keywords:
Naim Karimov, adabiy portret, o‘zbek adabiyoti, adabiy tanqid, Oybek, Cho‘lpon, Behbudiy, Mirtemir, tarixiy-biografik tadqiqot, ijodiy tahlil.Abstract
Ushbu maqolada Naim Karimovning adabiy portret janridagi ijodiy merosi, shuningdek, o‘zbek adabiyotshunosligidagi o‘rni va xizmatlari tahlil qilindi. Maqolada olimning Oybek, Cho‘lpon, Behbudiy, Mirtemir kabi shoir va adiblar portretini yaratishdagi metodologiyasi, tarixiy va badiiy yondashuvi ochib berildi. N. Karimov nafaqat adiblarning ijodini, balki ularning shaxsiyati, ichki dunyosi va davr bilan bog‘liqligini ilmiy-estetik uyg‘unlikda tasvirlash orqali adabiy portret janrining rivojiga katta hissa qo‘shdi. U yaratgan portretlar nafaqat biografik, balki tarixiy, ma’naviy va badiiy qiymatga ega bo‘lib, o‘quvchi va jamoatchilikni shoir va yozuvchilar hayoti hamda ijodiy jarayoni bilan tanishtirishi, shu bilan birga, Naim Karimov adabiyotshunoslikka yangicha qarash va tahliliy yondashuvlarni olib kirgani, uning yaratgan asarlarining badiiy qimmati haqida so‘z boradi.