ABDULLA QODIRIY IJODIGA ADABIY TANQIDCHILIK MUNOSABATI

Authors

  • Ergashboyeva Mohinur Isroiljon qizi Author

Keywords:

Abdulla Qodiriy, O‘tkan kunlar, adabiy tanqidchilik, mafkuraviy yondashuv, badiiy-estetik tahlil, romanchilik, o‘zbek adabiyoti, tarixiy roman, milliy ruh, adabiyotshunoslik, ilmiy tahlil

Abstract

Mazkur maqolada Abdulla Qodiriy ijodiga nisbatan adabiy tanqidchilik munosabatining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari tahlil qilinadi. Xususan, adibning O‘tkan kunlar romani misolida 1920–30-yillar tanqidchiligidagi mafkuraviy va biryoqlama yondashuvlar, sovet davridagi talqinlar hamda mustaqillik yillarida yuzaga kelgan yangicha ilmiy qarashlar qiyosiy asosda o‘rganiladi. Tadqiqotda Sotti Husayn, Naim Karimov, Izzat Sulton kabi munaqqidlarning fikr-mulohazalari tahlil qilinib, ularning adib ijodiga bergan baholari yoritiladi. Shuningdek, Qodiriy asarlarining badiiy-estetik qiymati, tarixiy haqiqatni aks ettirish uslubi hamda milliy ruhni ifodalashdagi o‘rni ochib beriladi. Maqola yakunida Qodiriy ijodining hozirgi adabiyotshunoslikdagi dolzarbligi va ilmiy ahamiyati asoslab beriladi.

Author Biography

  • Ergashboyeva Mohinur Isroiljon qizi

    Farg‘ona davlat universiteti filologiya va tillarni o‘qitish:

    o‘zbek tili  yo‘nalishi  4-bosqich talabasi

Published

2026-04-07