“QURG’OQCHIL IQLIM SHAROITIDAGI SHAHARLARDA YASHIL KARKASNI SHAKLLANTIRISH MUAMMOLARI TAHLILI”
Keywords:
qurg‘oqchil iqlim; yashil karkas; yashil infratuzilma; ko‘k-yashil yechimlar; issiqlik oroli; suvni tejovchi irrigatsiya; landshaft ulanishiAbstract
Ushbu maqolada qurg‘oqchil iqlim sharoitidagi shaharlarda yashil karkasni shakllantirish jarayonida uchraydigan muammolar kompleks tahlil qilindi. Tadqiqotning maqsadi-suv tanqisligi, issiq iqlim, tuproq sho‘rlanishi, parchalangan yashil maydonlar va boshqaruv-texnik cheklovlar sharoitida yashil karkasni barqaror rejalashtirish va ekspluatatsiya qilish uchun ilmiy asoslangan yondashuvlarni aniqlashdan iborat. . Xulosa sifatida, qurg‘oqchil shaharlarda yashil karkasni shakllantirish “ko‘k-yashil” integratsiya, normativ ko‘rsatkichlarning iqlimga moslashtirilishi va ekspluatatsion xarajatlarni oldindan baholashga tayanishi lozimligi asoslandi; natijalar shaharsozlik amaliyotida issiqlik orolini kamaytirish va hayot sifati ko‘rsatkichlarini oshirishga xizmat qiladi.